7-aprel
Sun’iy intellekt startaplari: qanday texnologiyalardan foydalanish va qaysi yo‘nalishlarga kirish kerak
Sun’iy intellekt — bu fantastika emas. Bu siz allaqachon yashayotgan haqiqat. U nafaqat Silikon vodiysida, balki telefoningizda, qo‘llab-quvvatlash chatlarida, “YouTube” tavsiyalarida, o‘zingiz har kuni foydalanadigan ilovalarda mavjud. Ertaga esa — ehtimol, o‘z startapingizda ham bo‘lishi mumkin.
Agar siz endigina o‘z yo‘lingizni boshlayotgan va bozorni o‘rganayotgan bo‘lsangiz, sun’iy intellektga e’tibor qaratish vaqti keldi. 2024-yilda AI bozori deyarli 280 milliard dollarga baholangan. Bu hali boshlanishi — yaqin yillarda yillik o‘sish sur’ati 36 foizni tashkil etishi kutilmoqda. “PwC” prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib sun’iy intellekt jahon iqtisodiyotiga 15,7 trillion dollar foyda keltiradi. Bu juda katta mablag‘. Ammo buning ortida nafaqat korporatsiyalar, balki startaplar ham turibdi. Yangi jamoalar. Yangi yechimlar. Balki bu sizning g‘oyangizdir.
Keling, sun’iy intellektning qanday yo‘nalishlari mavjudligini va ularni iqtisodiyotning qaysi sohalarida qo‘llash mumkinligini tahlil qilaylik.
Nazariyaga chuqurroq kirish: Sun’iy intellektning qanday turlari mavjud
“Sun’iy intellekt” deganda, ko‘pincha hamma narsani: o‘ylash, o‘rganish, g‘oyalar o‘ylab topish va hatto inson bilan bahslasha oladigan aqlli mashina tasavvur qilinadi. Ammo aslida, bugungi kunda sun’iy intellekt — bu bitta aniq “aql” emas, balki asta-sekin rivojlanayotgan texnologiyalarning butun bir spektri. Asosiy darajada ular uch turga bo‘linadi:
1. Tor sun’iy intellekt — hozir ishlayotgani
Bu sun’iy intellektning eng keng tarqalgan va qo‘llaniladigan turi. U bitta aniq masalani yoki cheklangan masalalar to‘plamini hal qiladi. Buni u yaxshi bajaradi, lekin o‘z dasturidan tashqari hech narsa qila olmaydi.
Misollarni bilasiz:
Nima uchun u “zaif” deb ataladi? Chunki u biz tushungan ma’nodagi tafakkurga ega emas. U kontekstni tushunmaydi, improvizatsiya qila olmaydi va berilgan algoritmdan tashqariga chiqa olmaydi. Ammo aynan tor sun’iy intellekt asosida bugun o‘n minglab mahsulotlar — mobil ilovalardan tortib sanoat tizimlarigacha yaratilmoqda.
2. Umumiy AI (AGI) — hammaning intilayotgani
Bu yanada yuqori darajadagi maqsad. Umumiy sun’iy intellekt har qanday intellektual masalalarni inson kabi yaxshi hal qila olishi kerak. Va bu uning har biriga dasturlashtirilgani uchun emas, balki u o‘zi o‘rganishi, xulosalar chiqarishi, bilimlarni bir sohadan boshqasiga o‘tkazishi tufaylidir.
Bunday AI quyidagilarni bajara oladi:
Bugungi kunda AGI hali ham ishlab chiqish jarayonida. U real hayotda yo‘q, lekin bu yo‘nalishdagi tajribalar va tadqiqotlar dunyoning ko‘plab laboratoriyalarida olib borilmoqda.
3. Superintellekt — bizdan aqlliroq sun’iy intellekt
Bu hozircha fantastika darajasi, lekin jiddiy ilmiy mulohazalar ham mavjud. Superintellekt — bu tafakkurning barcha parametrlari: mantiq, intuitsiya, ijodkorlik, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi bo‘yicha insondan ustun bo‘lgan sun’iy intellektdir.
Agar shunday intellekt paydo bo‘lishini tasavvur qilsak, u quyidagilarni bajara oladi:
Lekin hozircha bu nazariya. Bunga qanday erishishning na bir prototipi, na bir usuli bor. Superintellekt faqat kitoblar, kino va futuristik muhokamalarda mavjud. Shunga qaramay, uning imkoniyatlari jiddiy o‘rganilmoqda — chunki uning paydo bo‘lishining oqibatlari juda katta bo‘ladi. Kim biladi, balki aynan sizning startapingiz bir kun kelib insoniyatni sun’iy intellektning ushbu darajasiga yaqinlashtirishi mumkin.
Sun’iy intellekt mahsulotlari qanday ishlaydi
Chaq-bot ishga tushganda, sun’iy intellekt kod yozishni davom ettirganda yoki matn asosida rasm yaratganda — bularning barchasi bir nechta ilg‘or texnologiyalar uyg‘unligining natijasidir. Ayniqsa, “ChatGPT”, “Midjourney”, “DALLE”, “Suno” kabi mahsulotlar katta til modellari (LLM — Large Language Models) asosida qurilgan.
Ammo LLM — bu yagona sehrli tizim emas. Bu bir nechta kuchli texnologiyalarning uyg‘unlashuvidir, ularning har biri o‘z vazifasini bajaradi:
Bularning barchasi nimaga asoslanganini tushunish uchun keling, zamonaviy sun’iy intellekt mahsulotlarining asosiy poydevorlarini ko‘rib chiqaylik:
Neyron tarmoqlari
Bu inson miyasining ishlashidan ilhomlangan texnologiya. Faqat neyronlar o‘rniga matematika va algoritmlar qo‘llaniladi. Bunday tarmoqlar o‘rganish, tasvirlarni tanib olish, nutqni tahlil qilish va hatto avtonom tizimlarni boshqarish qobiliyatiga ega. Ular “Instagram” filtrlaridan tortib “Tesla” avtopilotgacha bo‘lgan barcha tizimlarning asosini tashkil etadi.
Mashinali o‘rganish (ML)
Bu yerda sun’iy intellekt misollar orqali o‘rganadi. Tizim minglab o‘xshash vaziyatlarni ko‘rib, xulosa chiqaradi. Shuning uchun ML sanoatda keng qo‘llaniladi: uskunalarning buzilishini oldindan aytish, nosozliklarni aniqlash, qonuniyatlarni topish — bularning barchasi uning vazifasidir.
Chuqur o‘rganish (DL)
Bu mashinali o‘rganishning takomillashgan versiyasi. Chuqur neyron tarmoqlar ko‘p qatlamli bo‘lib, har bir qatlam ma’lumotlarni tobora murakkab darajada tahlil qiladi. Aynan DL tibbiyot, moliya, avtonom qurilmalar, ijodiy sanoat va boshqa ko‘plab sohalarda inqilobiy o‘zgarishlar olib keldi.
Sun’iy intellekt allaqachon natija berayotgan sohalar
Yuqorida sanab o‘tilgan texnologiyalar amaliy masalalarda quyidagicha namoyon bo‘ladi:
1-rasm. Sun’iy intellekt texnologiyalari bozori
Endi sun’iy intellekt agentini tasavvur qiling
Sun’iy intellekt agenti yuqorida tavsiflangan barcha texnologiyalarning “aralashmasi”ga o‘xshaydi. U quyidagilarni bajara oladi:
Bunday agentlar real vaqt rejimida ishlashi, moslashishi, qaror qabul qilishi va maqsadlarga deyarli inson aralashuvisiz erishishi mumkin. Qat’iy belgilangan buyruqlarni bajaradigan an’anaviy RPA robotlaridan farqli o‘laroq, sun’iy intellekt agentlari o‘rganishi va o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishi mumkin. Bu esa ularni ancha moslashuvchan va samarali qiladi.
Atrofimizdagi sun’iy intellekt
Ilgari qarorlar qo‘lda va sekin qabul qilingan bo‘lsa, bugungi kunda sun’iy intellekt tezroq, aniqroq va samaraliroq harakat qilishga yordam beradi. Aynan shu sababli uni amalda qo‘llashga qiziqish ortib bormoqda - ham yirik kompaniyalarda, ham startaplarni ishga tushirayotgan yosh jamoalarda.
Sun’iy intellekt qaysi sohalarda o‘zini samarali ko‘rsatdi:
Fintech
Banklar, fintech startaplari va investitsiya kompaniyalarida sun’iy intellekt katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi, mijozlar xatti-harakatlarini tahlil qiladi va xavflarni kuzatib boradi. Uning yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
Sun’iy intellekt shifokorlarning o‘rnini bosmaydi, balki ularning imkoniyatlarini kengaytiradi. Zamonaviy AI tizimlari quyidagi vazifalarni bajarishga yordam beradi:
Elektron tijorat va chakana savdo
Agar siz onlayn xarid qilgan bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan sun’iy intellekt sizga yordam bergan:
Logistika va transport
Bu sohada sun’iy intellekt quyidagilarni bajara oladi:
Bu xarajatlarni kamaytiradi va yetkazib berishni tezroq hamda aniqroq qiladi.
Ta’lim
Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini soddalashtiradi:
Sanoat
Zavodlar va ishlab chiqarish korxonalari sun’iy intellektni faol joriy etmoqda, chunki u:
Sun’iy intellekt sizga nima yoqishini biladi va shuni taklif qiladi:
Sun’iy intellekt startapingizni qanday boshlash mumkin
Sun’iy intellekt mahsulotini yaratmoqchi bo‘lsangiz, PhD darajasi yoki neyron tarmog‘ini noldan yozish shart emas. Qaysi muammoni hal qilayotganingizni aniq tushunish va ozgina qat’iyatlik kifoya.
Boshlash uchun qadamlar:
1. Haqiqiy muammoni toping
Biznes vakillari bilan suhbatlashing yoki atrofingizga e’tibor bering: nimani avtomatlashtirish mumkin, qayerda qo‘l mehnati haddan ziyod, qayerda aniqlik yoki tezlik yetishmaydi? Sun’iy intellekt katta hajmdagi ma’lumotlar va takrorlanuvchi jarayonlar mavjud bo‘lgan sohalarda samarali ishlaydi.
2. Bozorni o‘rganing
Bu muammoni kim hal qilayotganini ko‘ring. Raqobatchilarning zaif tomonlarini aniqlang. Nimani boshqacha, tezroq yoki arzonroq qila olishingizni o‘ylab ko‘ring.
3. Minimal hayotiy mahsulot (MVP) yarating
Tayyor API, ochiq modellar va “Hugging Face”, “OpenAI” yoki “Google Cloud” kabi platformalardan foydalanishingiz mumkin. Asosiysi, g‘oyani sinab ko‘rish va potensial foydalanuvchilardan fikr olish.
4. Investitsiya izlang
2025-yilda O‘zbekistonning 2 ta sun’iy intellekt startapi — “Datatruck” va “Unitlab” 950 ming dollar investitsiya jalb qilishga erishdi — bu hali boshlanishi.
O‘zbekistonda hozirda boshlang‘ich bosqichdagi startaplarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor 10 ta venchur fondi faoliyat yuritmoqda. “IT Park Ventures” sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish yo‘nalishlarini ustuvor deb hisoblaydi.
Sun’iy intellekt — yangi o‘sish nuqtasi. Va u siz uchun ochiq!
Bir paytlar raqamlashtirish ham tushunarsiz tuyulgan. Bugun esa ularsiz birorta ham biznes ishlamaydi. Sun’iy intellekt bilan ham xuddi shunday bo‘ladi — o‘tish jarayoni allaqachon boshlangan. Eng muhimi, hamma narsa “mukammal” bo‘lishini kutmaslik. Shunchaki boshlash kerak. G‘oyadan. prototipdan. API so‘rovlaridan. Foydalanuvchi bilan muloqotdan qilishdan.
Agar yangiliklardan xabardor bo‘lishni, o‘z g‘oyalaringizni rivojlantirishni, hamfikrlar topishni va haqiqiy startap loyihalarida qatnashishni istasangiz — Startup Base platformasida ro‘yxatdan o‘ting. Bu siz uchun sun’iy intellekt va innovatsiyalar olamiga kirish nuqtasidir.
Mavzular: