19-dekabr

Digital Startup Awards: Markaziy Osiyo, Kavkaz va Mo‘g‘ulistonlik hamkorlar bilan davra suhbati
Digital Startup Awards 2025 dasturi doirasida IT Park Uzbekistan Markaziy Osiyo, Kavkaz va Mo‘g‘uliston mamlakatlarining asosiy milliy startap ekotizimlarini ifodalovchi xususiy va davlat hamkorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.
Uchrashuv mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish va startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Muhokama qilingan tashabbuslar O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan yondashuvlar doirasida, jumladan, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi muloqot hamda ishonchni mustahkamlash borasida izchil ilgari surilayotgan mintaqaviy hamkorlik va amaliy sheriklikning umumiy yo‘nalishini aks ettiradi.
Davra suhbati davomida Digital Startup Awards 2025 dasturini amalga oshirish yakunlari sarhisob qilindi, dasturni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, Astana Hub bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Central Asian Innovation Hubs tashabbusi taqdim etildi. Startaplar va texnologik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikning yangi formatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Digital Startup Awards dasturi doirasida startap ekotizimini yanada rivojlantirish va mintaqa mamlakatlari ekotizimlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini (MoU) imzoladilar.
- #Startup
- #Yangilik
Mavzular:









