23-dekabr

IT Park Uzbekistan and IT Park Ventures participated in Take Off Istanbul
“IT Park Ventures” direktori Azamat Karamatov boshchiligidagi delegatsiya hamda IT Park Uzbekistan vakillari startaplar, investorlar va venchur fondlari uchun mintaqadagi asosiy tadbirlardan biri bo‘lgan “Take Off Istanbul” xalqaro texnologik forumida ishtirok etdi.
Forum doirasida “IT Park Ventures” va “GB Ventures” o‘rtasida venchur investitsiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
_qGA8Kgo.jpg)
Shuningdek, delegatsiya vakillari “Take Off Istanbul” startap-pitching sessiyalarida qatnashdilar. Mazkur sessiyalar davomida xalqaro jamoalarning loyihalari ko‘rib chiqildi, investorlar bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazildi hamda ekotizimning bir qator ishtirokchilari bilan keyingi aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Forumning ishchi dasturi doirasida xalqaro investitsiya va texnologik tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, jumladan:
• QeWem
• Eleven Ventures
• Amazon Web Services
• Pragmatech Venture
• NBS Ventures
• Roselake Ventures
• ACT Venture Partners
Uchrashuvlar tanishuv va netvorking xarakteriga ega bo‘lib, o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikning umumiy yo‘nalishlarini muhokama qilishga qaratildi.
Yopiq va rasmiy formatlardagi ishtirok
Delegatsiya, shuningdek, xalqaro fondlar va “fund-of-funds” vakillari bilan netvorking o‘tkazilgan “Domino Global Synch Party” yopiq investorlar tadbirida ishtirok etdi.
Bundan tashqari, “IT Park Ventures” direktori forumning rasmiy dasturi doirasida Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fatih Kajir bilan o‘tkazilgan davra suhbatida qatnashdi.
Ta’kidlash joizki, “Take Off Istanbul” forumida O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda mamlakatning yetakchi venchur tuzilmalari — “Yoshlar Ventures”, “UzVC” va “United Ventures” vakillari ham ishtirok etdi. Davlat institutlari va venchur fondlarining birgalikdagi ishtiroki O‘zbekiston ekotizimini kompleks tarzda namoyon etish hamda mamlakatning xalqaro maydonda faol rivojlanayotgan texnologik va investitsiyaviy hab sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qildi.









