13-dekabr

Digital Startup Awards Grand Finale natijalari e’lon qilindi
2025-yil 12–13-dekabr kunlari
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va
IT Park Ventures bilan hamkorlikda Toshkent shahrida xalqaro “Digital
Startup Awards” dasturining grand final bosqichini o‘tkazdi. Ushbu tashabbus
Markaziy Yevroosiyodagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lib, umumiy mukofot
jamg‘armasi 1 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Dastur yuqori salohiyatga ega loyihalarni aniqlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy startap ekotizimida innovatsiyalarni rag‘batlantirishni maqsad qilgan. Tanlovda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston va Mongoliyadan startap-loyihalar ishtirok etdi. O‘zbekiston startaplari esa Best Startup Project yo‘nalishida qatnashdi.
2025-yilda dastur Markaziy Osiyo, Kavkaz va Mongoliyada faoliyat yuritayotgan startup asoschilari hamda texnologik jamoalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Unga jami 1 025 ta ariza kelib tushdi, shundan: 397 tasi Best Startup Project, 268 tasi Incubation, 360 tasi Acceleration treklariga to‘g‘ri keldi.
Tanlov 2025-yil 1-iyulda e’lon qilindi va arizalar 10-sentabrgacha qabul qilindi. Incubation va Acceleration yo‘nalishlarida jamoalar saralash va suhbatlardan o‘tdi, shundan so‘ng xalqaro ekspertlar va mentorlar bilan ishlash, treninglar, intensiv seminarlar hamda texnologik jamoalar, korporatsiyalar va venchur fondlar bilan networking imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Best Startup Project trekida tanlov ishtirokchi mamlakatlarda o‘tkazilgan oflayn yarim finallar orqali amalga oshirildi.
Dastur final bosqichida uchala trek bo‘yicha quyidagi loyihalar taqdim etildi:
- 29 ta startap Incubation va Acceleration dasturlarini muvaffaqiyatli yakunladi;
- 22 ta startap Best Startup Project yo‘nalishida finalga chiqdi.
Tanlov bosqichlari haqida umumiy ma’lumot
Incubation treki
Saralash va trek menejerlari bilan suhbatlardan so‘ng 30 ta startap tanlab olindi. Dastur 10 hafta davomida onlayn formatda o‘tkazildi va yakunda 15 ta startap uni muvaffaqiyatli tugatdi. Ushbu jamoalarning har biri IT Park Ventures tomonidan 10 000 AQSH dollari miqdorida SAFE investitsiya oldi. Finalchilar 12-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Demo Day tadbirida o‘z loyihalarini taqdim etdi.
Ushbu 15 jamoa AI, HR Tech, EdTech, MedTech, LogTech va GreenTech bo‘yicha yechimlar ishlab chiqmoqda. Ular orasida AI-rekruterlar, ta’lim sifati va sog‘liqni monitoring qilish platformalari, barqaror iste’mol yechimlari, logistika xizmatlari va kichik biznes uchun vositalar mavjud.
Ishtirok etgan startaplar:
- Flyhunt.AI — Qozog‘iston
- Lingozy — Ozarbayjon
- Snack Pack — Ozarbayjon
- Wedrive — Gruziya
- Opportunities Nearby — Turkmaniston
- PawPrint — Qozog‘iston
- qMed — Qozog‘iston
- ComBoards — Qozog‘iston
- Hinlen — Turkmaniston
- TrackSage — Qozog‘iston
- Intelligent Mobility MS — Qozog‘iston
- Matero (Unveil) — Tojikiston
- Okushy — Qozog‘iston
- AppGrade — Qozog‘iston
- Zootel — Turkmaniston
Inkubatsiya dasturi ijtimoiy ahamiyatga ega va ekologik barqaror mahsulotlar ishlab chiqayotgan texnologik jamoalar uchun muhim boshlang‘ich nuqtaga aylandi.
Acceleration
14 ta startap Acceleration dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. Investitsiyalar dastur davomida erishilgan sifatli natijalarga qarab ajratildi va startaplar IT Park Ventures tomonidan 50 000 AQSH dollarigacha SAFE investitsiyaga ega bo‘ldi.
Ushbu trekda AI, GovTech, B2B SaaS, EdTech, HR Tech va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘nalishidagi loyihalar ishtirok etdi. Ular savdoni raqamlashtirish, sotuvlarni optimallashtirish, mijozlar bilan ishlash, hujjatlar aylanishi, logistika va ma’lumotlarni qayta ishlashga qaratilgan yechimlarni taqdim etdi.
Investitsiya olgan startaplar:
- AVM.AI (Qozog‘iston) — $50 000
- Avto-time (Qozog‘iston) — $25 000
- Clario (Qozog‘iston) — $50 000
- Epsilon3.ai (Tojikiston) — $25 000
- Layf (Armaniston) — $50 000
- Moon AI (Qozog‘iston) — $50 000
- Oneplace.HR (Mongoliya) — $50 000
- Porte Tech (Qozog‘iston) — $50 000
- Recepta (Ozarbayjon) — $50 000
- Robospark (Qozog‘iston) — $50 000
- Rosta (Qozog‘iston) — $25 000
- Smarthub (Tojikiston) — $50 000
Best Startup Project
Oktyabr–noyabr oylarida 9 ta mamlakatda oflayn yarim final bosqichlari o‘tkazildi. Natijada 22 ta startap finalga yo‘l oldi, jumladan 18 tasi Markaziy Yevroosiyo mamlakatlaridan va 4 tasi O‘zbekistondan.
Ishtirokchilar orasida: Bezen, E-mekdep (Turkmaniston), POS.TJ, Predictory (Tojikiston), Uwish, EGUNE AI (Mongoliya), EMPY, ReEducate, Pixelait (Armaniston), PromConsulting, OptimTrade, MamaSpace (Qirg‘iziston), Cyberpack, Multicode (Qozog‘iston), Telagri, Kings International (Gruziya), Starkid Stories, Tryverse (Ozarbayjon), Uysot, Tezbor, HGT, Fleetroot (O‘zbekiston)
Loyihalar EdTech, FinTech, E-Commerce, GovTech, AI, SaaS, barqaror rivojlanish va kreativ sanoat yo‘nalishlarini qamrab oldi. Ishtirokchilar orasida ta’lim va sog‘liqni saqlashni raqamlashtirishga qaratilgan platformalar, savdo va logistika samaradorligini oshiruvchi vositalar, shuningdek tahliliy va sun’iy intellektga asoslangan yechimlar mavjud edi.
Hakamlar hay’ati Misr, Janubiy Koreya, Ummon, AQSh va Chexiyadan kelgan xalqaro venchur fondlar va akseleratorlar vakillaridan iborat bo‘ldi.
G‘oliblar
1-o‘rin — $40 000 Multicode (Qozog‘iston)
Soha: SaaS
Tavsif: Temiryo‘l vagonlari operatorlari uchun operatsion jarayonlarni optimallashtiruvchi AI-asosidagi B2B SaaS platforma.
Asoschi: Anuar Sarsembinov
2-o‘rin — $25 000 HGT (O‘zbekiston)
Soha: GovTech
Tavsif: Kommunal xizmatlar sohasini raqamlashtirish va xavfsiz, qulay to‘lov tizimini ishlab chiqishga qaratilgan texnologik startap.
Asoschi: Alisher Todjiev
3-o‘rin — $15 000 Telagri (Gruziya)
Soha: FinTech
Tavsif: Fermer xo‘jaliklari ma’lumotlarini moliyaviy ko‘rsatkichlarga aylantirish orqali qishloq xo‘jaligi kreditlari xavfini kamaytiruvchi platforma.
Asoschi: Irakli Chikava
Eng yaxshi ayollar startapi — $10 000 MamaSpace (Qirg‘iziston)
Soha: MedTech
Tavsif: Onalar salomatligi bo‘yicha ekspert yordami va AI asosidagi ishonchli tavsiyalarni taqdim etuvchi platforma.
Asoschi: Gulnaza Khalbambetova
Shuningdek, $10 000 miqdoridagi mukofot jamg‘armasi dastur elchilariga taqdim etildi va startaplari eng yuqori uch o‘rinni egallagan mamlakatlar vakillari o‘rtasida taqsimlandi. Ushbu mukofot ularning startap ekotizimlarini rivojlantirish, jamoalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbusni milliy darajada targ‘ib etishdagi hissasi e’tirofi sifatida berildi.
Mukofot mablag‘lari quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin: $5 000
2-o‘rin: $3 000
3-o‘rin: $2 000
Digital Startup Awards dasturi Markaziy Yevroosiyo mintaqasida birlik va hamjihatlik timsoliga aylandi. U startaplarning kengayib borishi uchun yangi imkoniyatlar yaratib, mamlakatlar o‘rtasidagi mavjud to‘siqlarni kamaytirishga xizmat qildi. Tadbir ekotizimlararo hamkorlikni yanada kuchaytiribgina qolmay, qo‘shma sa’y-harakatlar orqali mintaqada texnologik yetakchilarning yangi avlodini shakllantirish mumkinligini ham namoyon etdi.









